Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

«Тарикат хаджаган-накшбандийа и семь пиров» nomli monografiya nashr etildi


Bulg`or islom akademiyasi (Болгарская исламская академия) va O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda Komiljon Rahimovning «Тарикат Хаджаган-накшбандийа и семь пиров» nomli monografiyasini nashr ettirdi.

Komiljon Rahimov – tasavvuf bo`yicha soha mutaxassisi. Tadqiqotda tariqat asoschilari xojagon-naqshbandiyning hayoti va faoliyati, Abduxoliq Gijdivoniydan Bahouddin Naqshbandgacha bo'lgan dastlabki yetti pirning hayoti va faoliyati haqida to'xtalib, tariqatning paydo bo'lishi va tarqalish tarixi, uning go`yaviy va ilmiy asoslari haqida aniq, ilmiy asoslangan tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Tadqiqotchi, tariqatlar paydo bo'lishidan oldin, VIII – XI asrlardagi Markaziy Osiyo tasavvuf tarixi to'g'risida ma'lumot bergan. Bu bilan, Markaziy Osiyoda xojagon-naqshabandiya tariqati quruq joyda paydo bo'lmaganligini va uning tarixiy asoslarini isbotlab berdi.

Falsafa doktori Komiljon Rahimovning monografiyasi ma'naviy-ma`rifiy meros borasida izlanishning tarixiy tajribasini ro'yobga chiqarishda, MDH mamlakatlari xalqlarining islomiy merosining ko'p asrlik an'analarini tiklash va rivojlantirishga ijobiy hissa qo'shishi bilan ahamiyatli.

Monografiya uchta bobdan iborat:

Markaziy Osiyo tasavvufi xojagon-naqshbandiyaga qadar bo`lgan davrda;

Xojagon-naqshbandiya tariqati (oltin silsila, xojagon-naqshbandiya tariqatining paydo bo'lishi va tarqalishi);

Yetti pir (Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Anjirfag’naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband).


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!