Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Suyirlitepa - Buyuk ipak yoʼlidagi shahar


Suyirlitepa Ohangaron tumani Qorabuloq qishlogʼida joylashgan qadimiy yodgorlik boʼlib u shahar sifatida, oʼzining original tarixiy topografiyasi, mudofaa inshoatlari va monumental xarakteridagi Аrki Аʼlosi, uni oʼrab olgan shahriston va markaziy diniy-mafkuraviy obyektining mavjudligi bilan ajralib turadi. Аvvalambor, Suyirlitepa Buyuk ipak yoʼlining qadimgi Fargʼonadan Chochga Kendirsoy dovoni orqali oʼtgan yoʼlidagi birinchi shahar. U Qorabuloq qishlogʼi zaminidan otilib chiqqan qadimgi buloq asosida, dastlab kichik bir qishloq, asta-sekin yirik shaharga aylangan makonda tarkib topgan. Maʼlum boʼldiki, shahar markazida Аrki-Аʼlo (Kuxandiz), uning atrofida shahristonlar, janubiy shahriston tashqarisida, rabod va mozor-qoʼrgʼonlar joylashgan. Shahar maydonining gʼarbiy tomonidan Objazsoyning oʼng irmogʼi-Uzunsoy oʼtadi. Uning janubiy va sharqiy tomonlarini Uzunsoydan tortilgan chuqur va keng kanal oʼrab olgan. Shaharning shimol tomoni Ohangaron daryosi sohili bilan chegaralangan. Shaharning umumiy maydoni taхminan 90-100 gektarni tashkil etadi.

 Suyirlitepa tarixiy topografiyasini vizual oʼrganish bilan birga, uning ikki obyektida qazishmalar olib borish zaruriyati tugʼildi. Birinchi navbatda yodgorlikning arxeologik stratigrafiyasini oʼrganishga qaratilgan boʼlsa, ikkinchisi uning umumshahar diniy kult obyektida izlanishlar olib borishni taqozo etar edi. Shahar stratigrafiyasini oʼrganish uning Аrkida olib borildi.

 

Suyirlitepaning arxeologik stratigrafiyasi. Suyirlitepa territoriyasining oʼzlashtirish tarixini oʼrganish uchun yodgorlikning eng qadimgi qismi hisoblangan Аrkida, uning shimoli-gʼarbiy burchagida, gʼarbdan sharq tomonga yoʼnaltirilgan 5x48 metrli stratigrafik shurf-transheya solindi. Аrkning chor atrofini oʼrab olgan mudofaa devori zamona oʼtishi bilan nurab, tashqi tomonga yiqilgan. Аrk balandligi kamida 6 metrli tabiiy tepalik ustida qad koʼtargan bois, arkning chor atrofi konussimon qiyalik koʼrinish tusini olgan. Transheya kesmasida, uning gʼarbiy chegarasidan 8 metr masofada Аrk tepaligining chegarasi boshlanadi.

 Transheya boshlangʼich nuqtasidan sharqqa tomon 13,20 sm. masofada tabiiy tepalik bagʼriga kirib borgan ikki xonali yer osti "muzlatgich" kameralari yasalgan boʼlib, ularda yoz kunlari gʼoʼsht, sut mahsulotlari saqlangan. Kameralar shipi (potologi) kubba shaklida, birinchi kameraning polidan shpiga qadar 1,80 sm, ustki yuzasidan polgacha 3,5 m., sharqiy devorining qalinligi 60 sm. Undan ikkinchi sharqiy kameraga oʼtilgan.Uning shirinasi 2,5 m. Polidan shipiga qadar 2,60 sm. Ustki yuzasidan poliga qadar 5,24 sm. Muzlatgich kameraning ichi yuqorisidan oqib tushgan tuproq, kul, xom gʼisht parchalariga toʼla. Madaniy qatlamlar har xil qalinlikda gʼarbdan sharqqa tomon oqib tushgan.

 Transheyaning gʼarbiy chegarasidan 24 metr masofada materik ustida ikki qator paxsa devori mavjud, uning balandligi 2,5 metrdan kam emas. Har bir paxsa orasiga bir qator xom gʼisht terib chiqilgan. Soʼng ustiga 0,5 m. shagʼal yotqizilgan.Transheya kesmasida, shagʼal ustida nuragan mudofaa devor parchalari aralash tuproq, qul, sopol, tosh va boshqa narsalar qarishmalaridan iborat madaniy qatlam hosil boʼlgan. Uning tepa qismida linza shaklida qatlam-qatlam kulga toʼla ovalsimon chuqurchalar (yamalar) hosil boʼlgan. Transheya kesmasining gʼarbiy chegarasidan 35 metr masofada ilk oʼrta asrlar davri tashqi tosh devor ochildi. Tosh devor qalinligi 80 sm, 70 sm chamasi balandlikda saqlangan. Materikdan to tosh devor yuza sathiga qadar 5 metr. Shurf-transheya kesmasidan olingan materiallarning materikdan tosh shagʼal qatlamiga qadar qatlamlardan topilgan materiallar kompleksi milodiy IV-VI asrlar davriga, yaʼni Qovunchi II bosqichining oxirlari va Qovunchi III davrini xarakterlaydi. Bu davr madaniy qatlamining qalinligi 2,5 metrdan kam emas. Uning ustida 3 metrga yaqin madaniy qatlam saqlangan. Mana shu qatlam bagʼrida monumental xarakterdagi devor qoldiklari bilan VII-VIII asrlar davri madaniy qatlamlari uchradi. Xuddi shu davrda Аrk ustida aslzodalarning xoʼjalik komplekslari qad koʼtargan. Mana shu qatlamlar balandligiga yetganda shurf-transheya maydonini 13x18 m.ga kengaytirishga toʼgʼri keldi. Kengaytirilgan maydonda bir xoʼjalik kompleksi uy-joylari joylashgan boʼlib, u 5 xonadan iborat ekanligi aniqlandi. Kompleks ilk oʼrta asrlarning VII-VIII asrlariga tegishli. Xonalarning devorlari qalin, monumental xarakter kasb etadi. Devorlarning qalinligi 1,10 sm, xonalarga kirish eshiklari ham keng, 1 metrdan kam emas. Hovliga kirish darvozasi janubiy devor oʼrtasidan ochilgan. Darvozaning har ikkala yon tomonlariga uzunligi 1, 80 sm, kengligi 60 smli supa yasalgan. Darvozadan birinchi xonaga kirilgan. U uzun va keng koridorsimon shaklda, Uning dastlabki razmeri 12x4m. boʼlgan. Qoraxoniylar davrida uning gʼarbiy devori buzilib, qoʼshimcha qurilmalar bilan kengaytirilgan. Shu munosabat bilan birinchi xonaning gʼarbiy yarmi maydonida qoʼshimcha qurilmalar amalga oshirilib, Qoraxoniylar davrida 3 ta parallel oʼchoqlar yasalgan, hatto ilk oʼrta asr devorlari ustida 2 ta oʼchoq oʼtxonalari saqlangan. Uy-joy qurilmalari esa buzilib ketgan. Koridorsimon birinchi xonadan ikkinchi xonaga oʼtilgan. Uni birinchi davr (IV-VI asr) poliga qadar ochildi. Xonaning poliga katta hajmdagi xomgʼishtlar terib chiqilgan . Hozirda qazishma ishlari davom etmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!