Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Sohibqiron Amir Temurga ehtirom


 

Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimiz, milliy-qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug‘ bobomiz Sohibqiron Amir Temurning jahon madaniyati tarixidagi o‘rnini tiklandi va temuriylar tarixini chuqur o‘rganish, uni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda Amir Temur merosini o‘rganish bo‘yicha Yevropa tillarida va Sharq tillarida minglab kitoblar yozilgan, ko‘pdan-ko‘p suratlari ishlangan. Amir Temur o‘z avlodlariga nafaqat katta saltanatni, ayni vaqtda yaxshi an’analarni ham meros qoldirdi. Barcha Temuriylar Amir Temurning obodonchilik, mamlakatni adolat bilan boshqarish, ilm-fan, madaniyat, san’at sohalaridagi ishlarini davom ettirdilar.

Bu yil buyuk bobokalonimiz, yirik davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temir tavalludining 683 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Mazkur sana munosabati bilan O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda «Sohibqiron Amir Temurga ehtirom» nomli tadbirlar turkumi  o‘tkazildi.

 

 

Erta tongdan poytaxtimizning Amir Temur xiyobonida tadbirga taklif etilgan  davlat va jamoat arboblari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, mahalla faollari, talaba-yoshlar ishtirokida tantanali yig‘ilish o‘tkazildi. Mehmonlar muhtasham haykal atrofida saf tortgan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi oliy harbiy-texnik instituti kursantlari tomonidan tantanali kutib olindi. Sohibqiron tavalludini yod etib bir guruh jamoat arboblari so‘zga chiqdilar. Jumladan, Xalqaro amir Temur hayriya jamoat fondi raisi Xurshid Fayziyev, Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim, O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi sanjar G‘ulomov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Minhojiddin Mirzo, filologiya fanlari doktori, taniqli adib va tarjimon Bahodir Ermatov o‘z ma’ruzalari bilan chiqishdi. Shuningdek, TDShI taalabalari tomonian o‘zbek va ingliz tillarida Amir Temur o‘gitlaridan iqtiboslar tinglandi. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi oliy harbiy-texnik instituti kursantlarining ko‘rgazmali chiqishlari mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.

Tadbirga taklif etilgan  davlat va jamoat arboblari, xorijiy diplomatik korpus vakillari, mahalla faollari, talaba-yoshlar ishtirokida Buyuk Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar  qo‘yildi.

 

 

Shundan so‘ng yig‘ilgan mehmonlar Temuriylar tarixi davlat muzeyiga taklif qilindi. Muzeyning kichik konferensiyalar zalida “Amir Temur va Temuriylar davrida xalq diplomatiyasining roli” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Anjumanda yurtimizning taniqli yozuvchi, olim va tadqiqotchilari o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

 

 

Shuningdek, muzeyda O‘zbek Milliy akademik drama teatri artistlari tomonidan Sohibqiron haqidagi sahlanashgan spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Kun davomida muzey tashrif buyuruvchilar uchun “Ochiq eshiklar” ostida muzey ekspozitsiyasi va zallari bo‘ylab sayyohatlr tashkil etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!