Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qolmiq olimlarining Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrifi


Xorazm Ma’mun akademiyasiga Rossiya Federatsiyasi B.B.Gorodovika nomidagi Qolmiq davlat universiteti rektori Badma Salaev va ushbu universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Vladimir Imeev tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar Xorazm Ma’mun akademiyasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishdilar. Uchrashuv natijasida Qolmiq davlat universiteti bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi o‘rtasida arxeologiya, kimyo, biologiya yo‘nalishlarida ilmiy aloqalar o‘rnatishga, arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!