Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qadimiy Jizzax vohasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida


O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar instituti va Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida Jizzax davlat pedagogika institutida “Qadimiy Jizzax vohasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida (siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot)” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Jizzax davlat pedagogika instituti rahbar xodimlari, O‘zR FA akademiklari, olimlar, Jizzax viloyati hokimiyati vakillari, talabalar ishtirok etishdi.

Ushbu konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishi Jizzax vohasining qadimgi va o‘rta asrlardagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti, yaqin va uzoq o‘lkalar bilan o‘zaro hamkorligi, ilk shahar va qishloq madaniyati masalalari  o‘rganish, shu asosda yurtimiz tarixi, arxeologiyasiga oid keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni ommalashtirish, ularni ilmiy muomalaga doiraga kiritish, yurtimiz tarixi va arxeologiyasi muammolarini izchil tahlil qilishdan iborat.

Konferensiya so‘nggida O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar instituti bilan birgalikda Jizzax vohasida arxeologik izlanishlarni davom ettirish, JDPI da “Arxeologiya” kafedrasini ochish istiqbollari, tadqiqotlarga talabalarni keng jalb qilish, yosh tadqiqochilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasi qabul qilindi.  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!