Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Polimerlar haqidagi fanning zamonaviy muammolari” oʻzbek-qozoq Simpoziumi ochilishi


2018-yilning 28-sentabr kuni OʻzR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti hamda Qozog`iston Respublikasi Olmaota shahrida joylashgan “A.B. Bekturov nomidagi kimyo fanlari instituti” Aksionerlik jamiyati bilan hamkorlikda “Polimerlar haqidagi fanning zamonaviy muammolari” mavzusida oʻzbek-qozoq Simpoziumi ochilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirni OʻzR FA vitse-prezidenti B.T.Ibragimov ochib berdi.

Mazkur ilmiy forumda polimerlar haqidagi fan sohasida faoliyat olib borayotgan Oʻzbekiston va Qozogʻistonning yetakchi olimlari ishtirok etdilar. Simpozium Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon etilganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab tashkil etildi.

  

Simpozium polimerlar haqidagi nanofan sohasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston olimlari yutuqlari, polimerlarni olish, qayta ishlash va qoʻllash borasida ish yuritayotgan korxonalar, kompaniyalarning ilmiy ishlanmalarga boʻlgan ehtiyojlari bilan tanishtirish, ikki davlat olimlarining fan, taʼlim va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishda chambarchas, oʻzaro manfaatli va samarali hamkorlik qilishlarini taʼminlashda tizimli yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!