Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Paxtachilik sohasida Fanlar akademiyasi tomonidan yaratilgan ishlanmalar


2020-yil 29-yanvarda O‘zR FА tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, Qishloq xo‘jaligi ilmiy markazlari yetakchi olimlari va mutaxassislari ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining paxtachilik sohasidagi ishlanmalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminar respublikamiz paxtachilik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi agrotexnologiyalarni tadbiq qilish, stressga chidamli yangi paxta navlarini yaratish, urug‘chilikni rivojlantirish, agroklasterlarda paxtachilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Seminarda paxtachilikni rivojlantirish va jadal rivojlanayotgan ushbu sohaga olimlarimizning ilmiy ishlanmalarni tadbiq qilish to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!