Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekistonda monitoring tizimiga ega bo‘lgan smart-transformatorlar ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi


Quyosh energiyasi xalqaro institutida transformator va elektr uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik Xitoy xalq Respublikasi “BAODING TIANWEI BAOBIAN ELECTRIC CO.,LTD” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida  Kompaniyaning katta menedjeri janob Wen Hong boshchiligidagi delegatsiya Quyosh energiyasi xalqaro instituti faoliyati bilan tanishdi. Ushbu Kompaniya asosan smart-transformatorlarni va energiya samarador elektr asbob-uskunalarni, shuningdek, fotoelektrik tizimlar komponentlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, dunyoning 40 ortiq davlatlarida faoliyat olib boradi  va yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

Uchrashuv so‘nggida “BAODING TIANWEI BAOBIAN ELECTRIC CO., LTD” kompaniyasi Institutda quyosh stantsiyalari uchun monitoring tizimiga ega bo‘lgan smart-transformatorlarni va energiya samarador elektr asbob-uskunalarni ishlab-chiqish/yaratish ustida olib borilayotgan  ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishish va birgalikda ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolashga kelishib oldi.         


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!