Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi quriladi


Mamlakatimizda tinch maqsadlarda foydalanish uchun Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur kompleks 2 energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt bo‘ladi. Uni 2028 yilgacha to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ushbu atom elektr stansiyasi qurilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Atom energiyasi ekologik toza, bunday stansiyalar zararli is gazini hosil qilmaydi. Natijada mamlakatimizda tabiiy gazni yoqishdan hosil bo‘ladigan va atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnaga kamayadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!