Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston zoologiya faniga bagʼishlangan ikki kunlik konferensiya


Joriy yilning 18-19-noyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida “Oʼzbekiston zoologiya fani: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi III respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi. Unda respublikamizning turli hududlaridan soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, akademiklar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyani OʼzR FА Zoologiya instituti direktori B.R. Xolmatov kirish soʼzi bilan ochdi.

Ikki kun davom etgan konferensiya ishida umurtqasiz hayvonlar faunasining sistematikasi va zamonaviy holati, parazitizmning biologik asoslari, biozararlanishning dolzarb muammolari, gidrobiontlar ekologiyasi, ixtiofauna genofondi va baliq resurslarini baholash, quruqlik umurtqali hayvonlari faunasining zamonaviy holati, ularning resusrlaridan oqilona foydalanish, Oʼzbekistondagi kamyob, yoʼqolish arafasida turgan, kam oʼrganilgan hayvonlar va ularni saqlash masalalariga bagʼishlangan maʼruzalar taqdim etildi va oʼzaro muhokama qilindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!