Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʻzbekiston yosh fiziklari Respublika anjumani


2018-yil 4-5-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida “Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari” mavzusida Oʻzbekiston yosh fiziklari V-Respublika anjumani boʻlib oʻtdi. Uni OʻzR FA prezidenti, akademik B.S. Yuldashev oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Anjumanda OʻzR FA Yadro fizikasi instituti xodimlari, respublikamizning turli hududlaridan kelgan yosh tadqiqotchilar, shuningdek, Radiopreparat DK, Ilgʻor texnologiyalar markazi vakillari ishtirok etdi. Anjuman ishida yadro fizikasi va yadro energitikasi, radiatsiyaviy fizika va nanomateriallar fizikasi, yadro fizikasi usullarini fan va texnologiyalarning tegishli sohalarida qoʻllash kabi masalalar muhokama qilindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!