Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi adabiy aloqalar uzoq tarixga ega


Аlisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi, akademik Аbdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda Tojikiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi, akademik Аbdujabbor Rahmonzoda Oʼzbekiston va Tojikiston ilmiy aloqalari uzoq asrlarga borib taqalishi, ayniqsa, Аlisher Navoiy va Аbdurahmon Jomiyning adabiy hamkorligi, ustoz-shogird munosabatlari, ilmiy masladkoshligi bu borada oʼrnak boʼlishini alohida taʼkidladi.

Oʼz navbatida, Fond ijrochi direktori Olimjon Davlatov ilm-fan tarixida birinchi navoiyshunos Аbdurahmon Jomiy boʼlsa, birinchi jomiyshunos Аlisher Navoiy ekanligi va bu anʼana bugungi kunga qadar davom etib kelayotgani haqida gapirdi.

Uchrashuv davomida Аlisher Navoiyning Tojikistonda saqlanayotgan qoʼlyozma asarlari nusxalarini Oʼzbekistonga olib kelish, shuningdek, Navoiyning “Xamsa”sini tojik tarjima qilish va nashr etish, oʼzbek va tojik olimlari ishtirokida konferentsiya oʼtkazish masalalari muhokoma qilindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!