Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekiston-Turkiya: ilmiy hamkorlik kengaymoqda


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev hamda vitse-prezident S.Z.Mirzayevlar Turkiya davlatida ilmiy safari davomida Istanbulda Turkiya Fanlar akademiyasi va Osiyo fanlar akademiyalari va jamiyatlari assotsiatsiyasi (AASSA) tomonidan uyushtirilgan simpoziumda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.  Mazkur simpoziumda Osiyo mamlakatlari Fanlar akademiyalari vakillari ishtirok etdi.

 

Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Istanbul shahrida Turkiya ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar kengashi (TÜBİTAK) prezidenti, professor Hasan Mandal bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Istambul Zaim universiteti prezidenti va rektori, professorlar M.Bulut va A.Azhar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, shuningdek, Namik Kamol universiteti professorlari F.Guktepe va U.Guktepe bilan qo‘shma ilmiy loyihalarni muhokama qildilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!