Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston-Tojikiston: ilmiy aloqalar kengaymoqda


Shu yilning 14-15-sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Вклад Лидеров Узбекистана и Таджикистана в укреплении дружбы, добрососедства и доверия, открытие новой страницы узбекско-таджикского стратегического партнёрства” mavzusida Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi hamda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya boʼlib oʼtdi.

Oʼzbekiston delegatsiyasi rahbari boʼlib Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi oʼrinbosari А.Saidovning va Oʼzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor elchisi E.Shaismatovning qatnashganliklari Respublikamiz rahbariyati tomonidan bu anjumanga katta ahamiyatni berilganligidan dalolat beradi. Konferensiya ishida Oʼzbekiston delegatsiyasi safida 20 nafarga yaqin yetuk olim va mutaxassislar ishtirok etdilar.

Konferensiyada Oʼzbekiston va Tojikiston mamlakatlari siyosiy aloqalarining hozirgi holati va kelajagi, iqtisodiy aloqalar hozirgi holati va kelajagi, Oʼzbekiston va Tojikiston davlatlari oʼrtasidagi ilmiy, madaniy aloqalarning hozirgi holati va kelajakdagi yoʼnalishlari boʼyicha plenar va seksiyalardagi majlislarida ellikdan ortiq maʼruzalar tinglandi.

Maʼruzalar oʼzining dolzarb masalalarni yoritishi, muhokamalarga boyligi va berilgan takliflarning mazmuni hamda koʼpligi jihatidan ajralib turdi. Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yuqorida keltirilgan yoʼnalishlar boʼyicha maʼruzalar qilindi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Konferensiya vaqtida Oʼzbekiston va Tojikiston mamlakatlari oliy oʼquv yurtlari, Fanlar akademiyasi institutlari oʼrtasida oʼzaro hamkorlikda ilmiy izlanishlar, seminarlar, konferensiyalar hamda oʼzaro ilmiy safarlar tashkil qilish boʼyicha kelishimga erishildi.

Xususan, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti bilan Tojikiston Fanlar akademiyasi Geologiya, seysmik barqaror qurilish va seysmologiya instituti oʼrtasida oʼzaro kelishuvlar imzolandi, OʼzR FА Yadro fizikasi instituti, Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi hamda Zoologiya instituti oʼrtasida kadrlar tayyorlash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlar himoyasi borasida kelishuvlarga erishildi va hamkorlik Memorandumi imzolanishi rejalashtirilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!