Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent muzeyi filiali


Qadimdan maʼnaviy, dunyoviy, ahloqiy qadriyatlar oʼzbek xalqining turmush tarzida, anʼanaviy madaniyatida muhim oʼrin tutgan. Oʼzbek xalqi butun tarixi davomida boshqa xalqlar va dinlarga nisbatan bagʼrikenglik va hurmat koʼrsatgan. Qadimgi sivilizatsiyalarning viojida respublikamiz hududida joylashgan qadimgi shaharlarning oʼrni katta boʼlib, ularning tarixi bugungi kunda butun jahonga maʼlumdir. Shunday tarixiy shaharlardan biri Toshkent boʼlib, asrlar davomida hunarmandchilik va sharq madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Qadimgi va oʼrta asr manbalarida Toshkent hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish markazi sifatida shuhrat qozongani qayd etiladi.

foto: Sherzod Ikramutdinov

Buyuk ipak yoʼlining gavjum chorrahasida joylashgan Toshkent asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va maʼrifat markazlaridan boʼlib kelgan. Vatanimizning oltin ostonasi boʼlmish poytaxtimiz bugungi kunda yanada rivojlanib, goʼzal va obod megapolislardan biriga aylanib bormoqda. Lekin shunday katta shahar shu vaqtga qadar oʼzining muzeyiga ega emas edi. Аdiblar hiyobonida joylashgan Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega boʼlgan hududning qadim oʼtmishi, urf-odat va anʼanalari, ilm-fani, madaniyati va sanʼatini oʼzida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar toʼplangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.

 

 

 

foto: Sherzod Ikramutdinov

Muzey ekspozitsiyasining birinchi qavatda “Toshkent – ilm-fan markazi”, “Toshkent – bagʼrikenglik shahri”, “Аmaliy sanʼat. Kundalik hayot va madaniyat” deb nomlangan ekspozitsiyalar tashkil etilgan.

Ekspozitsiyaning ikkinchi qavatda oltita (“Toshkent vohasi tosh davrida, soʼngi bronza va ilk temir davri”, “Аntik davrda Choch”, “Ilk oʼrta asrlarda Toshkent”, “Rivojlangan oʼrta asrlarda Toshkent”, XIV-XVI asrlarda Toshkent) boʼlimdan iobrat boʼlib, u qadimiy ish qurollari, xoʼjalik buyumlari, qadamjolarning maketlari namoyishga qoʼyilgan. Eksponatlarga oʼzbek, rus va ingliz tillaridagi matnlar bilan sharh beriladi. Monitorlar, infokiosklar va boshqa texnologiyalar yordamida qoʼshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.

 

foto: Sherzod Ikramutdinov


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!