Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Mo‘g‘uliston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi tashrifi


2018-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Mo‘g‘iliston Fanlar akademiyasi prezidenti janob Regdel Dugar boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonni O‘zR FA prezidenti Bexzod Yuldashev, vitse-prezidentlar kutib oldi hamda ikki davlat o‘rtasida ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

  

Shundan so‘ng delegatsiya FA Genomika va bioinformatika markazi hamda O‘simlik moddalari institutida ham bo‘lishib, u yerdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriyalar, erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.

Mo‘g‘iliston Fanlar akademiyasi prezidenti janob Regdel Dugar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish niyatida ekanligini hamda bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvlar uchun o‘z tashakkurini bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!