Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Аrmaniston Milliy Fanlar akademiyasi oʼrtasida ilmiy-texnik hamkorlik toʼgʼrisida Bitim imzolandi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Аrmaniston Milliy Fanlar akademiyasi oʼrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki davlat Fanlar akademiyalari faoliyati, hamkorlik istiqbollari, yoʼnalishlari muhokama qilindi.

Onlayn uchrashuv davomida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Аrmaniston Milliy Fanlar akademiyasi oʼrtasida ilmiy-texnik hamkorlik toʼgʼrisida Bitim imzolandi.

 

Bitimga koʼra, ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlash, har ikki tomon ilmiy muassasalari oʼrtasidagi aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish, ilmiy hamkorlikka koʼmaklashish va oʼzaro manfaatli sohaarda qoʼshma ilmiy ishlanmalarni amaliy tadbiq etish koʼzda tutilgan.

Shuningdek, imzolangan mazkur Bitimga ko'ra, qoʼshma ilmiy va ilmiy-texnikaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, milliy va xalqaro grantlar dasturlari uchun qoʼshma arizalar topshirish, ikki davlat ilmiy tashkilotlari negizida qoʼshma ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish, rivojlanayotgan texnopark zonalari doirasida ishlab chiqarish qoʼshma korxonalarini tashkil etish, keng koʼlamli ilmiy yoʼnalishdagi ilmiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish yoki oʼzaro ishtirok etish, ekvivalent olimlar almashinuvini amalga oshirish, talabalar va yosh olimlarning stajirovkalarini tashkil etish, ilmiy axborot almashish yo'lga qo'yiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!