Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi FA faoliyati bilan tanishdi


O'zR Fanlar akademiyasiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig'i  Olimjon Umarov tashrif buyurdi hamda FA rahbariyati bilan uchrashdi.

 

FA faoliyati va tizimda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, FA qoshidagi “Axborot texnolgiyalarini rivojlantirish markazi” DUK va bu yerda yaratilgan sharoitlar, FA O'simlik moddalari kimyosi instituti va olimlarimizning yangi ishlanmalari bilan tanishdi, Milliy arxeologiya markazi binosini ko'zdan kechirdi.

Tashrif yakunida FA faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!