Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʼzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga begʼaraz yordam


Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida muhim choralar koʼrilmoqda.

Dunyo aholisi juda kichik bir zarradek kasallik qoʼzgʼatuvchisi ortidan xavotirli hayot kechirishmoqda. Kimdir oʼz kasbi bilan shugʼullana olmayotgan boʼlsa, yana kimdir yaqinlaridan yiroqda qolib ketmoqda. Boshqalar esa oʼz hayotlarini xavf garovga qoʼyib, insonlar salomatligi uchun tunu-kun kurashmoqdalar. Barcha urinishlarning ortida, faqatgina sabr va qanoat bilan sanitariya-gigiena qoidalariga soʼzsiz rioya qilgan holda, ushbu virus tufayli kelib chiqqan pandemiya jarayonini yengib oʼtish singari masʼuliyatli vazifa turibdi.

Аyni paytda mamlakatimizdagi barcha soha vakillari mazkur pandemiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Аyniqsa, mana shu sinovli kunlarda xalqimizga xos mehr-muruvvat, saxovat kabi xislatlar yanada koʼproq namoyon boʼlmoqda.

El boshiga ish tushganda chetdan kuzatib turish bizga aslo yarashmaydi. Har qanday muammoni faqatgina birlashish yoʼli bilan, hamjihatlikda, yakdil harakatlar bilan hal etishimiz mumkin. O’zR FA Zoologiya instituti xodimlari ham mana maqsad yo’lida oʼz ish haqlarining bir qismini “Oʼzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga begʼaraz yordam tariqasida oʼtkazib berdilar.

Sizdan ushbu sinovli kunlarda faol boʼlishingizni soʼrab qolamiz va “Oʼzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondini moddiy qoʼllab-quvvatlashga chorlaymiz!

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!