Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston – Germaniya: ilmiy hamkorlik yangi bosqichda


Joriy yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutiga DAAD prezidenti prof. M.Vintermantel, DFG prezidenti prof. P.Shtroshnayder hamda prof. M.Vemxoff muzey direktori (Museum für Vor- und FrühGESchichte) tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zR FA vitse-prezidentlari S.Mirzayev, B.Ibragimov, B.Abduhalimov, Arxeologik tadqiqotlar instituti direktori F.Maqsudov, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori J.Ismoilovalar kutib oldi.

 

Dastlab mehmonlar O‘zR FA Sharqshunoslik instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va Institut muzeyida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirdilar.

So‘ngra  vitse-prezident S.Mirzayev Fanlar akademiyasida fundamental tadqiqotlar, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ilm-fan rivoji hamda erishilgan yutuqlar haqida gapirdi. Shuningdek,  arxeologiya, muzeyshunoslik sohalarida ikki davlat olimlarining hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borish masalasi ham muhokama qilindi. Mehmonlar samimiy uchrashuv uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, kelgusida hamkorlikda olib boriladigan ishlar har ikki davlat vakillariga manfaatli ekanligini ta’kidladi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!