Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining 2020-yildagi asosiy yutuqlari


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

1. Sohada islohot va transformatsiya natijalari boʼyicha:

Ilm-fan sohalarini rivojlantirishga qaratilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning bir qancha farmon va qarorlari qabul qilindi.

Matematika instituti uchun zamonaviy jihozlangan yangi bino qurildi hamda Institutning Qoraqalpogʼiston, Buxoro, Namangan, Samarqand, Xorazm hududiy boʼlinmalari tashkil etildi. Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etilib, 100 mln. soʼm miqdorda mablagʼ ajratildi.

 

Davlat va huquq instituti oʼz faoliyatini boshladi.

Oʼsimlik moddalari kimyosi institutida diagnostikumlarni ishlab chiqarish korxonasi hamda “Tibbiy kimyo va nozik organik sintez” laboratoriyasi, Mikrobiologiya institutida “Fitovirusologiya” laboratoriyasi, Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori institutida “Sotsiolingvistika” boʼlimi tashkil etildi.

Immunologiya va inson genomikasi instituti huzurida “Biotibbiyot texnologiyalarini muvofiqlashtirish markazi” tashkil etildi.

Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyining filiali sifatida Toshkent muzeyi tashkil etildi.

2. Ilm-fan sohasining asosiy koʼrsatkichlari barqarorligini taʼminlash borasida:

90 ta ixtiroga patent va 51 ta dasturiy mahsulotlar guvohnomalari olindi. 1951 ta ilmiy ish, 155 ta monografiya va alьbom-kataloglar, 9 darslik va oʼquv qoʼllanma nashr etildi.

Nobyudjet tushumlar 45,4 mlrd. soʼm, eksport hajmi esa 5 990,0 ming doll. miqdorida bajarildi.

3. Kadrlar tayyorlash boʼyicha:

129 ta doktorlik, (ulardan 78- PhD, 51- DSc) dissertatsiyalari himoya qilindi. Matematika fanidan talabalar oʼrtasida oʼtkazilgan xalqaro onlayn olimpiadada talabalarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qoʼlga kiritdi.

4. Fanlar akademiyasi tizimida olib borilayotgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalari iqtisodiyotimizning rivojiga hissa qoʼshib kelmoqda. Jumladan:

Biologik namunalardan virus RNKsini ajratib olish toʼplami va qon kasalliklarni aniqlash PZR diagnostikumi yaratildi.

Birinchi marotaba Oʼrta Osiyo uzum seleksiyasining 203 navlarining birlamchi genetik pasportlari tuzildi.

Suv va gidroenergetika inshootlarining seysmik holatini baholash boʼyicha ekspress uslubiyoti ishlab chiqildi.

Sharqiy Oʼzbekiston va Oʼzbekiston markaziy qismining faol yer yoriqlari morfologiyalariga va maydon uzra joylashuviga yangilangan xaritalari tuzildi va hududlarning seysmotektonik modellari ishlab chiqildi.

Аlisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlari toʼplamining 3 jildi tayyorlandi. Yangilangan “Аlisher Navoiy asarlarining izohli lugʼati”ning 1-jildi nashr etildi.

“Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʼalabaga Oʼzbekiston xalqining qoʼshgan munosib hissasi”ga bagʼishlangan kitob-albom oʼzbek, rus va ingliz tillarida, 2 jildli “Oʼzbek xalq sehrli ertaklari katalogi” Germaniyada nemis tilida nashr etildi.

5 jildli “Oʼzbek tilining izohli lugʼati”, “Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lugʼati”, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʼllanmasi nashr qilindi.

5. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish boʼyicha:

Hisobot va elektron hujjat aylanish tizimi ijro.gov.uz tizimga toʼliq joriy etildi, unga 36 ta ilmiy tadqiqot muassasalari va ularning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari ulandi.

Yuqori samadorli kompyuterlar (mini superkompyuter) oʼrnatildi. Matematika instituti va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tomonidan COVID-19 bilan kasallanganlarni oʼrganish va boshqarish tizimi ishlab chiqildi.

Zilzila sodir boʼlganda seysmik jadallik maʼlumotlarini turli masofalardan internet tarmoqlari orqali yuborish tizimi asosida zilzilalarni tezkor ogohlantirish texnologiyasi ishlab chiqildi.

6. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʼyicha:

Yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar bilan 12 ta xalqaro qoʼshma ilmiy loyihalar bajarildi, 56 nafar ilmiy xodimlar xorijiy ilmiy safarlarga yuborildi, 6 ta xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etildi va muassasalar darajasida 5 ta hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Global biologik xilma-xillik boʼyicha maʼlumotlar portali (GBIF tizimi)ga assotsiatsiyalangan aʼzo boʼldi.

Oʼzbekiston Xalqaro davlatlaro ilmiy-tadqiqotlar tashkiloti “Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti” (OIYaI, Dubna) da aʼzoligini tikladi.

7. Ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish boʼyicha:

26-27 noyabr kunlari anʼanaviy “Noyabr oʼqishlari” akademik seminari oʼtkazildi.

Аkademiyaning veb-saytida 600 ga yaqin ilmiy yangiliklar, eʼlonlar, oʼtkazilgan tadbirlar haqidagi materiallar, 20 ta fotoalbom, 190 ta videoalbom, shuningdek, - Youtube kanalida 200 ga yaqin video, Telegram kanalida 800 ga yaqin materiallar eʼlon qilindi. OАV da 200 dan ortiq intervyular tashkil etildi va efirga uzatildi, gazeta va boshqa axborot agentliklari saytlarida 300 dan ortiq maqolalar eʼlon qilindi.

4 ta press-tur, 9 ta ilmiy ishlanmalar taqdimoti, 4 ta koʼrgazma, 5 ta matbuot anjumani, 2 ta brifing, 50 ga yaqin ilmiy seminar va anjumanlar tashkil etildi va 7 ta rasmiy bayonot berildi.

  

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!