Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston delegatsiyasi AEXA konferensiyasida ishtirok etdi


2019-yil 2-4-dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Vena shahrida (Avstriya) Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentligi (AEXA) Bosh konferensiyasining maxsus sessiyasida ishtirok etdi.

Joriy yil oktabr oyida Boshqaruv kengashi tomonidan Agentlik rahbari etib saylangan Rafael Grossining yangi bosh direktorlikka tasdiqlanishi maxsus sessiyaning kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.

Tashrif chog'ida O'zbekiston delegatsiyasi qator uchrashuvlar o'tkazdi, ularda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!