Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Oʼzbek olimasi Xalqaro ijod akademiyasi aʼzosi boʼldi


O’zR FA Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Rasulova Muhayyo Yunusovna Xalqaro ijod akademiyasining haqiqiy a'zosi - akademigi bo'ldi.

 

M.Rasulovaning ilmiy ishlari nazariy va matematik fizika uslublari yordamida Bogolyubov-Born-Green-Kirkwood-Ivonа (BBGKI)  kvant kinetik tenglamalari zanjiri  asosida o'zaro ta'sir qiluvchi zarralarning katta muvozanatsiz tizimlarini o'rganishga bag'ishlangan.

Olima Amerika matematik jamiyatining, Yevropa matematiklari ayollari tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning a'zosi bo’lgan, qator Amerika va Hindiston ilmiy jurnallarining tahrir kengashi a'zosi.

Olima tomonidan nazariy va matematik fizika asosida axborot xavfsizligi sohasida eng mukammal axborot uzatish tizimi yaratilgan va eksperimental tasdiqlangan. Ushbu tizim Rossiya, Аmerika, Germaniya, Hindiston, Ukraina va boshqa davlatlar ilmiy jamiyatlarida eʼtirof etilgan.

Ma'lumot o`rnida: Xalqaro ijod akademiyasi 1992-yilda Moskvada tashkil etildi. Ilm-fan, madaniyat va ijtimoiy faoliyat sohasidagi yangi tashabbus sifatida Akademiya dunyoning yetakchi akademiyalari prinsiplari asosida ishlaydi va xalqaro e'tirof hamda a'zolarining shaxsiy tashabbusidan keng foydalanib, jahon hamjamiyatining ijodiy salohiyatini rivojlantirishga hissa qo'shadi.

Akademiya Prezidiumi har yili haqiqiy a'zolarni (akademiklarni) va tegishli a'zolarni saylash uchun bo'sh ish o'rinlarini ajratadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!