Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbek dostoni Turkiyada ikki tilda chop etildi


Turkiya jumhuriyatining Anqara shahrida Turk Til Qurumi tomonidan o‘zbekistonlik baxshi Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Dalli” dostoni turk va o‘zbek tillarida chop etildi.

Mazkur doston folklorshunos olim Jabbor Eshonqul tomonidan nashrga tayyorlangan. Turk tiliga Dilek Sezar tarjima qilgan. Bunga qadar ham “Oychinor”, “Malika ayyor”, “Erali va Sherali”, “Rustamxon”, “Xushkeldi va “Balagardon” kabi o‘zbek xalq dostonlari har ikki mamlakat olimlari hamkorligida chop etilgan edi. 

Mazkur kitobni Turkiyalik kitobxonlar katta qiziqish bilan kutib oldilar.

Ma’lumot o‘rnida: “Dalli” dostoni Ergash Jumanbulbulning “Go‘ro‘g‘li” turkumiga kiruvchi eng sara dostonlaridandir. Doston qo‘lyozmasi arab imlosida bo‘lib, u 1926-yilda yozib olingan. Qo‘lyozma O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining Folklor arxivida saqlanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!