Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʻz kasbining mohir egalari” munosib taqdirlandi


Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan kasaba uyushmasi tizimidagi barcha tashkilot va korxonalarda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, “Ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirayotgan, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan yurtdoshlarimizni ragʻbatlantirish maqsadida turli koʻrik-tanlovlar eʼlon qilingan va shunday tadbirlarni oʻtkazish hamda gʻoliblarni taqdirlash anʼanaga aylangan.

2018-yil 11-oktabr kuni “Oʻz kasbining mohir egalari” koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti direktori Avezova Nilufar Robbanaqulovna, Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy kotibi Qurbanboyev Ilxom Jumanazarovich, Immunologiya va inson genomikasi instituti katta ilmiy xodimi Xatamov Xayrilla Musurmanovich, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri Odilov Yorqinjon Raxmonoliyevich hamda Fundamental kutubxona direktori Berdiyeva Zuxra Shukurovnalar ham gʻolib boʻlib, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Gʻoliblarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan qutlab, mamlakatimiz ravnaqi yoʻlidagi ishlariga rivoj, sihat-salomatlik tilab qolamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!