Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O'yinlar nazariyasiga kirish” mavzusida Yozgi matematika maktabi davom etmoqda


O’zR FA Matematika instituti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “O'yinlar nazariyasiga kirish” mavzusida Yozgi matematika maktabining bugungi onlayn darsida akademik A.A'zamov “Nochiziqli differentsial o'yinlarda Ayzeks (Isaacs) usullari” haqida ma'ruza qildi. Onlayn darsda respublikadagi OTMlar professor-o'qituvchilari, yosh olimlar, talabalar ishtirok etishdi. Akademik A.A'zamov differentsial o'yinlar nazariyasida bugungi kunda dolzarb bo'lgan masalalar bilan samarali shug'ullanish bo'yicha yosh olimlarga va talabalarga o'z tavsiyalarini va maslahatlarini berdi. “O'yinlar nazariyasiga kirish” mavzusida Yozgi matematika maktabining onlayn darslari davom etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!