Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"O'simliklarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash tizimida gis texnologiyalardan foydalanish" nomli monografiyasi chop qilindi


Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari tomonidan yangi "O'simliklarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash tizimida gis texnologiyalardan foydalanish" nomli monografiyasi chop qilindi.

Ushbu monografiyada o'simliklarni himoya qilish sohasida geografik axborot texnologiyalaridan foydalanishning holati va istiqbollari, tadqiqot o'tkazish joyining iqlim sharoiti va ish uslublari, qishloq xo'jaligi ekinlarining zararkunandalarini ekologik monitoring qilishda gis texnologiyalardan foydalanish, qishloq xo'jaligi o'simliklari kasalliklarini gis texnologiyasi asosida ekologik monitoring qilish kabi mavzular doirasida so'z yuritilgan. Ushbu monografiyadan magistrantlar, doktorantlar, mutaxasislar, fermer xo'jaligi rahbarlari hamda agronomiya, tuproqshunoslik ixtisosligi bo'yicha talabalar o'quv qo'llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!