Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qizilqum geologiyasiga oid kitob nashr etildi


O‘zR ФА Navoiy bo‘limi raisi, professor Abdurazak Mirzayevning “Qizilqum paleogen cho‘kindi formasiyalarining litologiyasi, paleografiyasi, fasiyalari va foydali qazilmalari” nomli monografiyasi nashr etildi.

Monografiyada Qizilqum paleogen cho‘kindi formasiyalarining hosil bo‘lish sharoitlari va moddiy tarkibini o‘rganish maqsadida olib borilgan kompleks tadqiqot ishlari natijalari berilgan.

O‘rta Osiyo va qo‘shni hududlaridagi sedimentatsion havzasida Qizilqum paleogen cho‘kindilarining hosil bo‘lish fasial sharoitlari va moddiy tarkibi hamda kesmalarning tuzilishi va ritmostratigrafik bo‘linish sxemasi tahlil qilingan. Noma'dan foydali qazilmalarining stratigrafik, fasial, mineralogik va geokimyoviy bashoratlash mezonlari asoslangan, ularning istiqbolli maydonlari ajratib olingan. Qizilqum paleogen cho‘kindilarida aniqlangan bir qator noma'dan, ayniqsa, gilli foydali qazilmalarini iqtisodiyotning yangi tarmoqlarida qo‘llash mumkinligi isbotlandi.

Monografiya ilmiy-tadqiqot institutlari tadqiqotchilari va kon-geologiya sanoatining ishlab chiqarish xodimlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari uchun mo‘ljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!