Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Murojaatnoma mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan targʼibot tadbiri tashkil etildi


Joriy yil 20-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan targʼibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni FА bosh ilmiy kotibi Gʼayrat Baxadirov olib bordi. Gʼ.Baxadirov tadbirni ochib berar ekan, Murojaatnomada koʼtarilgan asosiy vazifalar, xususan, 2021-yilda fizika va chet tillarini oʼrganish ustuvor yoʼnalish etib belgilanganligi va buning oʼziga xos jihatlari haqida qisqacha toʼxtalib oʼtdi.

Soʼngra Toshkent Moliya instituti Bank ishi kafedrasi mudiri, professor Аkrom Omonov “Murojaatnoma davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishdagi yangi vazifalar” mavzusida maʼruza qildi. Tadbirda FА Boshqaruv apparati xodimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, Kasaba uyushmasi va Yosh olimlar kengashi raislari, yetakchi olimlar ishtirok etdi, shuningdek, FА tizimidagi boshqa tashkilotlar va hududiy boʼlinmalar xodimlariga toʼgʼridan-toʼgʼri onlayn translyatsiya qilindi.

Tadbirda taqdim qilingan maʼruzada Murojaatnomada koʼzda tutilgan davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish, boshqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyat va javobgarligi kuchaytirish, mahalliy ijro va vakillik idoralari hamda mahallaning institutsional asoslarini yanada takomillashtirish, korrupsiya qarshi kurashish, jamiyatda ayollarning roli va oʼrni, yoshlar masalalariga toʼxtalib oʼtildi.

Jumladan, professor А.Omonov Murojaatnomada keltirilgan “2021-yilda iqtisodiyotni kamida 5 foizga oʼsishini, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini taʼminlash”ga toʼxtalar ekan, tovar va moliya bozorlarida erkin va sogʼlom raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, qishloq xoʼjaligi hosildorligi va samaradorligini oshirish bu boradagi asosiy vazifalarimizdan ekanligini taʼkidlab oʼtdi. Ushbu vazifalarni bajarishda bank tizimida amalga oshiriladigan ustuvor yoʼnalishlar haqida oʼz fikr-muloahazalarini bildirdi.

Bundan tashqari, ijtimoiy sohani rivojlantirish, diniy bagʼrikenglik va millatlararo totuvlik, xavfsizlik, yoshlarni qoʼllab-quvvatlash masalalariga ham alohida toʼxtaldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!