Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Muqaddasdir Vatan bayrogʼi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi


Maʼlumki, Yer yuzida 250 ga yaqin davlatlar mavjud. Аlbatta, har birining o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq esa ayricha rang, joziba va mohiyatga ega. Ular bilan yonma-yon hilpirab turgan O‘zbekiston bayrog‘i hech kimdan kam emas va kam bo‘lmasligini ifoda etib turibdi.

Bayrog‘imiz o‘zida xalqimizning asriy orzu-istaklari, g‘ayrat-u shijoatini xalqimizga xos mehmondo‘stlik va matonatni mujassam etgan. 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingining 30 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Respublika yosh tomoshabinlar teatrining san’atkorlari, Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasining ijodkorlari, tarixchi olimlar hamda FА ilmiy muassasalarining ilmiy xodimlari ishtirok etdi. 

 

Tadbirni O‘zR FА bosh ilmiy kotibi G‘.А.Baxadirov ochib berdi. Tadbir davomida vitse-prezident B.Abduhalimov ham yig‘ilganlarni davlatimiz bayrog‘ining 30 yilligi shodiyonasi bilan samimiy qutlab, yoshlarga ilm yo‘lida tinimsiz mehnat qilishlarini va xalqaro maydonlarda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan xissalari orqali davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishlarini tilab qoldi. Tadbir davomida Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Davlatimiz ramzlari” nomli hujjatli film namoyishi etildi va suhbat film haqidagi mulohazalarga ulanib ketdi. Kinostudiya ijodkorlari filmning yaratilish tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida tarixchi olim dunyo bayroqlari va ular orasida o‘zbegimning bayrog‘ini ta’riflab, sharhlab berdi.

Bugungi tadbir barchaning yodida qolarli ta’surotlarga boy tarzda o‘tdi. Barchamizga vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun, 30 yillik shodiyona muborak!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!