Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Matematikaning inson hayotidagi o'rni" mavzusidagi navbatdagi master-klass mashg'uloti


2020-yil 11-avgust kuni O’zR FA Matematika instituti direktori o'rinbosari, Butun jahon fanlar akademiyasi akademigi, professor O'tkir Roziqovning "Matematikaning inson hayotidagi o'rni" mavzusidagi master-klass mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. 

Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov master-klass mashg'ulotining kirish qismida matematika ilm-fanining hozirgi kundagi dolzarb yo'nalishlari hamda mamlakatimizda  matematika ilm-fanini rivojlatirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdilar. 
Master-klass mashg'ulotida professor O'tkir Roziqov maktab o'qituvchilari va yoshlar uchun matematika fanining hayotiy tadbiqlari va ularni o'quvchilarga qanday usullarda tushuntirish kerakligi haqida ma'ruza qildilar. Ma'ruza so'nggida maktab o'qituvchilari bilan savol-javoblar bo'ldi. 
"Matematikaning inson hayotidagi o'rni" mavzusidagi navbatdagi master-klass mashg'uloti 2020-yil  18-avgust kuni soat 11:30 da o'tkaziladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!