Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Matematika va mexanikaning dolzarb masalalari – Markaziy Osiyo ayol matematiklari uchrashuvi – CAWMA-2018


2018-yil 25-26-oktabr kunlari Xorazm Maʼmun akademiyasida va Urganch Davlat Universiteti hamkorligida “Actual Problems of Mathematics and Mechanics - Meeting of women of mathematicians in Central Asia - CAWMA – 2018 (Matematika va mexanikaning dolzarb masalalari – Markaziy Osiyo ayol matematiklari uchrashuvi – CAWMA-2018)” ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi. Unda respublikamiz va Markaziy Osiyodan 60 nafarga yaqin matematik olima ayollar qatnashdi. Ushbu anjuman respublikamizda matematika va mexanika sohasida ayol-matematiklar rolini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, anjuman ishida “Oʻzbekiston matematiklar jamiyati” qoshida Ayollar boʻlimini ochish masalasi koʻrib chiqilib, 2019-yil 8-martgacha boʻlimning nizomini ishlab chiqishga kelishib olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!