Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mаhаlliy mаteriаllаrgа аsoslаngаn MDF plitаlаri ishlаb chiqаrish texnologiyasi yarаtildi


Qurilish materiallari sanoati bir qator sanoat korxonalarining koʼp sonli chiqindilaridan keng va samarali foydalanishga qodir boʼlgan xalq xoʼjaligi sohasidir. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining muhim va ustuvor yoʼnalishlaridan biri bu ekologik toza, ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish va qurilish mahsulotlari, shu jumladan, qishloq xoʼjaligi chiqindilaridan foydalanish orqali ekspluatatsion xususiyatlarini oshirishdan iborat. Ushbu turdagi ilmiy yechimlar yogʼoch materiallariga alternativa boʼlgan mahalliy materialdan MDF plitalarini ishlab chiqarish uchun xom-ashyolardan qoʼllaniladi. Ishlanma mualliflari - OʼzR FA Umumiy va noorganik kimyo institutining D.Odilov rahbarligidagi olimlari. Jamoa MDF plitalarini ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyani yaratdi.

 

Ishlanmaning afzalligi. Respublikada har yili katta maydonlarda bir yillik oʼsimliklar - bugʼdoy, sholi, kanop, moyli oʼsimliklar va qamish ekiladi. Statistika shuni koʼrsatadiki, mamlakatda har yili qimmatbaho tola ishlab chiqarish uchun sellyuloza tutuvchi xom-ashyo zahiralari yillik oʼsimliklarning chiqindilari koʼrinishida shakllanadi, masalan: guruch somon (yiliga 250 ming tonna), bugʼdoy somon (yiliga 5,5 ming tonna), paxta – g’o’zapaya (yiliga 4 ming tonna), qamish va boshqalar. Ishlab chiqilgan texnologiya MDF plitalarini ishlab chiqarish uchun yuqorida keltirilgan xom-ashyodan foydalanishga imkon beradi.

Аgrosanoat majmuasining modifikatsiyalangan tolalar - chiqindilaridan foydalangan holda mahalliy materiallar asosida MDF plitalarini ishlab chiqarish uchun resurstejovchi, ekologik toza va samarali ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish Oʼzbekistonning innovatsion iqtisodiyoti uchun yangi mahsulot turini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!