Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun bir guruh hamyurtlarimiz taqdirlandi


Mustaqil Davlatlar Hamdoʼstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Аssambleyasi Kengashining 2020-yil 27-noyabrdagi qaroriga muvofiq bir qator faollar, yaʼni, 6 nafar Oʼzbekiston fuqarosi, shu jumladan, Fanlar akademiyasi Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Ismailova Jannat Hamidovna  ham Hamdoʼstlikka aʼzo mamlakatlar xalqlari oʼrtasidagi doʼstlikni mustahkamlashga qoʼshgan hissasi uchun tashkilotning “Madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun” faxriy nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlarga ushbu mukofotlarni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʼninchi yalpi majlisi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva topshirdi (Manba: http://senat.uz/).

Jannat Hamidovnani O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan tabriklaymiz hamda kelgusidagi faoliyatida muvafaqqiyatlar tilaymiz!

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!