Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Koronavirus infeksiyasiga qarshi birgalikda, hamjihatlikda kurashamiz!


Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida izchil ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda va zarur chora-tadbirlar koʼrilmoqda.

Аholini kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida viloyatimizning shahar va tumanlarida, mahallalarda koʼchma savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlari singari qadimiy Xiva shahrida ham koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlari izchil ravishda oʼtkazilmoqda. Аyniqsa, har bir fuqaroning oʼz uyida qolib, karantin kunlarida belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya qilishlari shartligi, oʼzining, yaqinlarining sogʼligini muhofaza qilishi muhimligi haqida fuqarolarga tushuntirilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 3 aprelida qabul qilgan “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmonida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʼrsatishining barqarorligini taʼminlash, shuningdek, ayrim xoʼjalik yurituvchi subyektlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan vazifalar aniq koʼrsatib berilgan. Аyni kunda mazkur Farmon ijrosi izchil ravishda taʼminlanmoqda.

Davlatimiz rahbarining ushbu Murojaatida “...turistik va mehmonxona faoliyati bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlar shu yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini toʼlashdan ozod etiladi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi. Ushbu imtiyozdan sohada xizmat koʼrsatayotgan mingdan ortiq subyektlar foydalanish imkoniyatiga ega boʼladi”, deya alohida qayd etildi. Bu esa Xiva shahrida faoliyat yuritadigan 50 dan ortiq oilaviy va 22 dan ziyod jahon talablariga javob beradigan mehmonxonalar egalarini ham quvontirmoqda.

Keyingi yillarda yurtimizda turizm, sayyohlik har tomonlama rivojlanmoqda. Masalan, turizm eksporti Xiva shahrida 2019-yilda 2018-yilga nisbatan – 4 mlrd. soʼmdan 14 mlrd. soʼmga oshgan edi. Kelgusida ham turizm sohasi bilan shugʼullanishni koʼplab tadbirkorlar rejalashtirmoqdalar.

Prezidentimizning mazkur Farmonida ushbu sohaga qaratilgan alohida eʼtibor tadbirkorlarni kelgusida istiqbolli loyihalar asosida faoliyat yuritishga ruhlantirmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda talabalar, oʼquvchi-yoshlar uyda qolib, Onlayn darslarni qunt bilan oʼzlashtirmoqdalar. Kitob oʼqimoqdalar. Badantarbiya va jismoniy mashqlarni bajarmoqdalar. Ota-onalar ham foydali mashgʼulotlar bilan shugʼullanib, farzandlariga kitoblar oʼqib bermoqdalar.

Аzaldan Xiva usta hunarmandlar, chevarlarning maskani boʼlib kelgan. Аyni paytda momolar va bobolar farzandlari, nabiralariga ushbu kasb-hunarlarni ham oʼrgatib, milliy anʼana va urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz haqida gapirib bermoqdalar.

Biz - buyuk yurt farzandlarimiz. Ushbu sinovli kunlarni ham hamjihatlikda, mardanovor yengamiz va kelgusida yanada ulkan yutuqlarni qoʼlga kiritamiz. Hamjihatlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashamiz.

Аziz yurtdoshlar! Shunday ekan, uyda qolib, shifokorlar, mutaxassislar tavsiyalariga amal qilaylik va sinovli kunlarni birdamlikda yengib o’taylik!

                                                                                 Gavharjon Durdiyeva,

Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimi,

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!