Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ko’p parametrli ilmiy hisoblashlarni bajarish uchun tizim


“Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlatirish yili”da  mamlakatimizdagi barcha sohalarda bo'lgani kabi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizmida ham zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-tadqiqotlarda ularni qo'llash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”dagi qaroriga asosan Fanlar akademiyasi qoshida “Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasi tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari optik tolali aloqa kanallari orqali yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlandi, 2019-yil oxirida Fanlar akademiyasiga raqamlashtirish va skanerlash qurilmalarini o'rnatildi, 2020-yil birinchi yarim yilligida yuqori parametrli xususiyatlar talab etadigan grafikli va ilmiy hisoblashlarni bajarish uchun yuqori samadorlikka ega bo'lgan kompyuterlar ishga tushirildi.

Oldinlari biror bir ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirish va uning natijasi qanday bo'lishini aniqlash uzoq vaqtni talab qilgan bo'lsa, bugungi biz yashayotgan axborot texnologiyalari asrida bu jarayonni ma'lum muddatda ko’p parametrli va katta hajmdagi ilmiy hisoblashlarni bajarish uchun yuqori samadorlikka ega bo'lgan kompyuterlar orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Yaratilgan model qanchalik katta hajmdagi ma'lumotlarga tayansa ilmiy-tadqiqot ishining natijasi ham shunchalik aniq bo'ladi. Yuqori samaradorlikga ega bo’lgan kompyuterlarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ilmiy asoslangan bashorat qilish va bir vaqtning o'zida murakkab jarayonlarni modellashtirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, rasmlarni qayta ishlashda, dizayner va arxitektorlar chizmalari uchun ham ishlatiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!