Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kitob – eng yaxshi do‘st


Joriy yil 29-aprel kuni butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan o‘ziga xos “Rahbardan 10 kitob” aksiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ham faol qatnashib, Toshkent shahri Shayxontohur tumani 169-maktabida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotini yanada kuchaytirish, ta’lim muassasasida mavjud kutubxonaning kitob fondini yanada boyitishga o‘z hissasini qo‘shdi.

 

O‘zR FA vitse prezidenti, akademik Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich  ishtirokida maktabning iqtidorli o‘quvchilariga mahorat darslari tashkil etildi va kitobning har bir shaxsning komil inson bo‘lishida katta ahamiyatga  ega  ekanligi haqida o‘z hayot tajribalarini gapirib berdi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rahbariyati tomonidan 150 tadan ortiq badiiy, huquqiy, ilmiy va tarixiy kitoblar maktab kutubxonasiga  sovg‘a qilindi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!