Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Janubiy Orolbo'yi faunasiga bag'ishlangan kitob nashrdan chiqdi


O'zR FA Zoologiya instituti Entomologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Allabergen Nurjanov muallifligida «Фауна и экология прямокрылообразных насекомых Южного Приаралья» nomli monografiya chop etildi.

Mazkur monografiya Janubiy Orolbo'yi to'g'riqanotsimon hasharotlari bo'yicha umumiy ma'lumotlarni o'z ichiga qamrab olgan bo'lib, unda to'g'riqanotsimon hasharotlarning tur tarkibi,  taksonomik holatlari, tarqalish areallari, landshaftlar bo'yicha joylashuvi tahlil qilingan. Shuningdek, to'g'riqanotsimon hasharotlarning ekologik xususiyatlari va zararkunanda turlarning populyatsiya sonini boshqarishdagi ekologik xavfsiz bo'lgan usullarini ishlab chiqish to'g'risidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilingan. Ushbu kitob biologlar, entomologlar, ekologlar, o'simliklarni himoya qilish yo'nalishi mutaxasislari, doktorantlar, magistrlar va boshqa tegishli mutaxassislikdagi talabalar uchun mo'ljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!