Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Istaxriyning (X asr) "Kitab al-masalik val-mamalik" asari ilk bor oʼzbek tiliga tarjima qilindi


Istaxriyning (X asr) "Kitab al-masalik val-mamalik" asari ilk bor oʼzbek tiliga tarjima qilindi. Ushbu kitob sayyoh, geograf Istaxriy va uning X asr musulmon dunyosi tavsifiga bagʼishlangan "Kitab al-masalik val-mamalik" asari tadqiqiga bagʼishlangan.

Unda "Kitab al-masalik val-mamalik" asarining bevosita Markaziy Osiyo mintaqasi tarixiy geografiyasi bilan bogʼliq "Xuroson" va "Movarounnahr" iqlimlarining tarjimasi amalga oshirilgan. Аsar tarjimasiga oʼziga xos tarzda yangicha yondashilgan. Tarjima uchun asarning arab tilidagi (11 ta) va forsiy tarjimasidagi (8 ta) qoʼlyozma va nashrlardagi matnlari jalb etilgan.

Ushbu kitob OʼzR FА Sharqshnunoslik instituti katta ilmiy xodimi Ravshan Xudayberganov tarjimasi va tegishli tadqiqoti asosida 100 nusxada “Fan” nashriyoti tomonidan nashr etildi.

Kitob Markaziy Osiyoning oʼrta asrlar tarixiy geografiyasini oʼrganishda asosiy manbalardan biri sifatida tarixchi mutaxassis va umuman kitobxonlar diqqatiga taqdim etiladi


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!