Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Issiqlik va elektr energiyasi tizimlari taʼminoti uchun innovatsion ekologik texnologiyalar


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xalqaro Quyosh energiyasi institutida “Fizika-Quyosh” IIChB Fizika-texnika instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “PLAN BEST ENERGY” MCHJ hamkorlikda “Issiqlik va elektr energiyasi tizimlari taʼminoti uchun innovatsion ekologik texnologiyalar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. 

Seminar issiqlik va elektr energiyasi taʼminoti va foydalanish uchun yangi innovatsion va ekologik jihatdan toza texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishning dolzarb masalalariga bagʻishlandi.

Seminarda SRO texnologiyalari loyihalashtirish va ish tajribasi, energo samarador binolarni loyihalashning xususiyatlari va ularning monitoring natijalari, elektr taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, quyosh fotoelektr tizimlarini tarmoqqa integratsiyalash kabi masalalar muhokama qilindi.

Seminarda OʻzR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qurilish vazirligi, loyiha institutlari, chet el firmalarining vakillari, shuningdek, tadbirkorlar ishtirok etdilar. 

Seminarda koʻrilgan maʼruzalarda quyosh texnologiyalariga asoslangan innovatsion energiya tejovchi texnologiyalar issiqlik va elektr taʼminoti uchun Respublikaning sanoat obyektlarida va fermer xoʻjaliklarida va xonadonlarda qoʻllanilishi mumkin. Koreys loyihasi asosidagi energo samarador uy aholi uchun ekologik va energetik jihatdan foydali hisoblanib, kelajakda ushbu loyiha asosida quriladigan uylar mamlakatimizning elektr va issiqlik magistrallaridan uzoqda joylashgan hududlardagi elektr va issiqlik taʼminoti bilan bogʻliq muammolarga oson yechim boʻladi. 

   

Seminarning yakuniy qismida ishtirokchilar quyosh elektr stansiyalarini amaliy qoʻllash va respublikada innovatsion texnologiyalar asosida energiya tejamkor uylar yaratish boʻyicha oʻz takliflarini bayon qildilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!