Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Intellektual mulk obyektlariga huquqlarni topshirish bo'yicha shartnomalar


Joriy yil 20-may kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida  Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar xuddi shunday nomlandi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakillari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

  

Intellektual mulk agentligi huzuridagi "IP-CENTER" o'quv markazi bosh mutaxassisi Abdujalil O'rinboyev seminar ishtirokchilariga intellektual mulk obyektlariga huquqlarni topshirish bo'yicha shartnomalar tuzish, lisenziya shartnomalari, huquqni boshqa shaxsga o'tkazish shartnomalari va ularni ro'yxatdan o'tkazish qoidalari haqida ma'lumot berdi. Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!