Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy izlanishlar uchun yana bir imkoniyat


2020-yil 31-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning matematika, kimyo-biologiya va geologiya sohalari yosh olimlari bilan boʼlib oʼtgan yigʼilishida OʼzR FА Bioorganik kimyo instituti tomonidan Orolboʼyi hududidagi mavjud biologik obyektlarning kimyoviy, biokimyoviy, molekulyar biologik va ekologik xususiyatlarini oʼrganish va ulardan biotexnologik ishlab chiqarishda foydalanishni tashkil etish maqsadida oʼsimliklarning tuzga va qurgʼoqchilikka chidamliligini oshiruvchi yangi nav va liniyalar yaratish zarurligi taklif etilgan edi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ushbu taklif qoʼllab-qoʼvvatlanib, mazkur tadqiqotlarni amalga oshirish uchun FА Bioorganik kimyo institutiga maxsus ekspeditsiya mashinasi ajratish topshirigʼi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasiga yuklatilgan edi.

Joriy yil 8-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi raisi boshchiligida Institutga «UАZ Patriot» rusumli ekspeditsiya mashinasi topshirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!