Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fanga e’tibor – kelajakka poydevor


Mamlakatimizda yosh avlodni sog’lom va barkamol etib voyaga yetkazish, ularning ilmiy va ijodiy izlanishlarini qo’llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o’rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar masalasi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishi sanaladi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda fizika va matematika fanlari bo’yicha “Navro’z” fan olimpiadasi o’tkazib kelinmoqda. Joriy yil ushbu olimpiadada Toshkent shahri M.Ulug’bek tumani hamda Toshkent viloyati Kibray tumanining 50 dan ortiq maktablari 9-10 sinflaridan 184 nafar o’quvchilar o’z bilimlari bilan kuch sinashdi. 25 may kuni FA Yadro fizikasi institutida tanlovda g’olib bo’lgan o’quvchilar, ularning ota-onalari hamda o’qituvchilar ishtirokida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu bilimlar bellashuvida fizika-matematika fanlari bo’yicha g’olib o’quvchilarning har biriga diplom va esdalik sovg’alarini O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.S.Yuldashev topshirdi. Bu esa o’quvchilarda bilim olishga bo’lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirish va rag’batlantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

    

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!