Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʼalabaga oʼzbekistonliklarning qoʼshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʼtkazildi


Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida “Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʼalabaga oʼzbekistonliklarning qoʼshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi.

 

Ilmiy-amaliy konferensiya “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” Davlat muzeyida tashkil etildi.

Konferensiyada 10 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Taqdim etilgan ma’ruzalarda ikkinchi jahon urushida oʼzbekistonliklarning qoʼshgan hissasi, mard va olijanob xalqimizning jasorati haqida ilmiy mulohazalar bayon etdilar. Shuningdek, xalqaro konferensiyada Rossiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston davlatlaridan ham nufuzli olimlar ishtirok etishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!