Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Hamkorlikdagi nashr: “Markaziy Osiyoda logistika va diplomatiya”


2022-yil may oyida Fransiyada Yan Aliks (Fransiya), Kuralay Bayzakova (Qozog‘iston), Yulduz Nicharapova (Qirg‘iziston) va Mirzohid Rahimov (O‘zbekiston) muharrirligida “Markaziy Osiyoda logistika va diplomatiya” (Yann Aliks, Kuralay Baizakova, Jildiz Nicharapova, Mirzohid Rahimov Logistics and diplomacy in Central Asia. Editions EMS, France. 2022. P.275.) nomli kitob nashr etildi.

Kitob Toshkent (JIDU, 2021-yil oktyabr), Olmaota (Al Forobiy nomidagi KAZGU, 2021-yil noyabr) va Bishkekda (AUCA, 2022-yil yanvar) o‘tkazilgan uchta seminarning natijasidir.

Nashr dunyoning ijtimoiy-gumanitar fanlari bo‘yicha yetakchi va yosh tadqiqotchilari o‘rtasidagi keng hamkorlik asosida nashr etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo va Yevroosiyoda xalqaro munosabatlar va kommunikatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan. Tarmoqlararo yondashuvlar asosida Markaziy Osiyoda milliy, mintaqaviy va xalqaro transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish holati ko‘rib chiqilib, ushbu loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud muammolar ko‘rsatilgan.

Shuningdek, kitobda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonning xorijiy davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan xalqaro aloqalari, mintaqaviy va transmintaqaviy loyihalari hamda sheriklik dasturlarini diversifikatsiya qilish va rivojlantirish istiqbollari belgilab berilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!