Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Gʼoʼzaning istiqbolli “OʼzFА-710” navi xorijlik ishlab chiqaruvchilar eʼtirofida


Hozirgi kun seleksiya fanining dolzarb vazifalaridan biri Oʼzbekistonning har bir viloyati sharoitlarida tabiiy potentsialini toʼliq koʼrsata oladigan gʼoʼza navlarini tanlash va hududlarga joylashtirish hisoblanadi. Bu borada OʼzR FА Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi instituti seleksioner olimlari tomonidan seleksiya qilingan “OʼzFА-710” navi eʼtiborga molik. Mazkur nav I.Qahharov, O.Ergashevlarning koʼp yillik izlanishlari samarasi hisoblanadi. “OʼzFА-710” navi gʼoʼzaning G.hirsutum L.turining geografik uzoq shakllari, xususan, mahalliy 6161 tizmasini x 75007-3 (Аvstraliya navi) bilan duragaylashdan ajratib olingan L-2969 tizmasi asosida uzoq yillar davomida maqsadli qayta-qayta tanlash usulini qoʼllash orqali yaratilgan.

Mazkur gʼoʼza navining boshqa navlardan farqi tola chiqimi yuqori (40-43%), hosil elementlarini koʼp tugadi. Bundan tashqari, qurgʼoqchilik, kasalliklar va boshqa stress omillarga chidamli.

OʼzR FА Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiya institutining “Fargʼona” filiali, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Nasafiy” va Qoraqalpogʼiston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Аzamat” yangi navlar urugʼlarini dastlabki koʼpaytiruvchi elita urugʼchilik fermer xoʼjaliklarida urugʼchilik ishlari davom ettirildi. Navning “Fargʼona” filialda 12 ga maydonda tayyorlangan urugʼlik qismi mazkur tumanda faoliyat olib borayotgan “FERGANA SPINNING” klasteri tomonidan toʼliq qabul qilindi.

Аlohida eʼtirof etish lozimki, “OʼzFА-710” navi yaqin qoʼshnilarimiz ishlab chiqaruvchilarida ham katta qiziqish uygʼotgan boʼlib, hozirda hamkorlik masalalari oʼrganilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!