Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Golden Resourse Co., Ltd” (Xitoy) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv


Xitoy Xalq Respublikasining “Golden Resourse Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan qurilish materiallarni ishlab chiqarish va energo tejamkor materiallarni ilmiy tadqiq qilish, qishloq xoʻjaligi sohasida issiqxona va baliqlarni intensiv usulda yetishtirish boʻyicha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish hamda kimyo sanoatidagi loyihalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirish belgilangan.

Shunga koʻra, 2018-yil 20-dekabr kuni ushbu kompaniya vakillari Oʻzbekiston respublikasi Fanlar akademiyasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni OʻzR FA vitse-prezidenti Baxtiyor Ibragimov, Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori Baxodir Xoliqov, Xalqaro quyosh energiyasi instituti direktori Nuriddin Matchanovlar kutib oldilar.

Kompaniya vakillari energo tejamkor materiallar, issiqxona hamda baliqlarni intensiv koʻpaytirishda zarur boʻlgan asbob-uskunalarni ishlab chiqarish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar va ushbu hamkorlik ikki tomon uchun ham istiqbolli bo`lishini taʼkidladilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!