Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Global Allium Garden” Toshkent markazi tashkil etildi


O‘zbekiston Resupblikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ida tashkil etilgan yovvoyi piyozlar bog‘i O‘zbekiston-Xitoy Global Allium Garden (Toshkent markazi) Butunjahon yovvoyi piyoz turlarini o‘rganish va saqlab qolish dasturi doirasida tashkil etilmoqda. Global Allium Garden dasturining birinchi markazi 2017 yilda Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi Kunmin shahridagi Kunmin Botanika bog‘ida (Kunmin markazi) tashkil etilgan. Bu markazlar biologik xilma-xillikni o‘rganish borasida O‘zbekiston-Xitoy xalqaro ilmiy aloqalarining natijasi bo‘lib, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo tabiiy landshaftlari yovvoyi piyoz turlari noyob genofondini saqlab qolish borasida global ahamiyatga ega bo‘lgan hududlar ekanligi bilan izohlanadi.

2016-yilda asos solingan Toshkent botanika bog‘ida bu Markazning maydoni 500 m2 ni tashkil etib, O‘rta Osiyo tabiiy sharoitini aks ettiradigan landshaft holatida yaratilgan. Hozirgi kungacha O‘zbekiston-Xitoy Global Allium Garden Toshkent markazida O‘rta Osiyo piyozlarining 100 dan ortiq turlari to‘plangan. Markaz faoliyatining birinchi bosqichida O‘rta Osiyo va unga yondosh hududlarga mansub bo‘lgan yovvoyi piyozlarning 200 dan ortiq turini saqlash va ko‘paytirish rejalashtirilgan. Yaqin kelajakda Toshkent va Kunmin shaharlarida tashkil etilgan markazlar yovvoyi piyoz turlari bo‘yicha zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, sohaga tegishli fundamental ilmiy masalalarni hal etish, shuningdek, tabiiy floralarimizdagi manzarali, kamyob, endem turlarni muhofaza etishga qaratilgan keng ko‘lamli ma’rifiy-tarbiyaviy faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!