Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

G‘afur G‘ulom tavalludining 115 yilligi nishonlandi


O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri, o‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan san’atkori G‘afur G‘ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo‘shgan adibdir.

2018-yil 10-mayda shoirning tavalludiga 115 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “O‘zbekiston xalq shoiri, akademik G‘afur G‘ulom ijodining mustaqillik davridagi ahamiyati va yosh avlodni tarbiyalashdagi roli” mavzusida ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi. Unda taniqli shoirlar, akademiklar, adabiyoshunos olimlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

G‘afur G‘ulom mehnatkash, pok, halol, o‘z aql-farosati, o‘zining peshona teri bilan kun kechiruvchi va hayotni, jamiyatni mukammal qilishga intilgan insonlarni himoya qildi, uning taqdiri, bugungi va ertasi uchun san’atkorlik qalbi bilan umr bo‘yi kurash olib bordi. G‘afur G‘ulom XX asr o‘zbek she’riyati va nasrining yirik, betakror vakilidir. U hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti va o‘zbek madaniyati rivojiga munosib hissasini qo‘shgan so‘z san’atkoridir.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!