Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyalari Xalqaro assotsiatsiyasining yubiley sessiyasi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Belarusda medallar bilan taqdirlandi


2018-yil 20-21-sentabr kunlari Minsk shahrida Belarus Milliy fanlar akademiyasida Fanlar akademiyalari Xalqaro assotsiatsiyasi uyushmasi (MAAH) 25 yilligiga bag'ishlangan yubiley sessiyasi ochilishi bo'lib o'tdi.

Anjuman ishida MDH mamlakatlari va Xitoy Xalq Respublikasi akademiyasining rahbarlari, etakchi xorijiy akademiyalar vakillari, taniqli olimlar ishtirok etdi. Unda Fanlar akademiyalari Xalqaro assotsiatsiyasi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari, tashkiliy va texnik ishlar, ilmiy kengashlar faoliyati, assotsiatsiya Nizomiga o'zgartirish kiritish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Sirojiddin Mirzayev Belarus Milliy fanlar akademiyasi tashkil topganligi 90 yilligi munosabati bilan medal va assotsiatsiyaning 25 yil esdalik medali bilan taqdirlandi.

Kongressning ilmiy va tashkiliy tadbirlarida 500 ga yaqin ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari, davlat boshqaruv organlari va turli mamlakatlarning ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!